Shahar bo‘ylab qo‘llanmangiz

Toshkentni kashf eting

Bozorlar, muzeylar va me’morchilik — konsyerj jamoamizning amaliy tavsiyalari bilan.

Toshkentni insayderlarimiz bilan kashf eting

InterContinental’ning Insider Expertise yondashuvi shaharni yaxshi biladigan insonlarning tajribasiga tayanadi. Mahalliy insayderlarimiz konsyerj jamoasi bilan birga Toshkentning qiziqarli maskanlari, restoranlari va madaniy tadbirlarini kashf etishingizga yordam beradi. Qiziqishlaringiz va qancha vaqtingiz borligini ayting: jamoamiz kuningiz uchun mos yo‘nalish tavsiya qiladi, tashrif buyurishga arzigulik joylarni tanlashga va zarur bronlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Bron qilish imkoniyati bo‘sh joylar mavjudligiga bog‘liq.

Toshkentda nimalarni ko‘rish mumkin

Bozorlar va yodgorliklar, o‘ziga xos me’morchilik va shaharning madaniy maskanlari bilan tanishing. Ushbu g‘oyalardan boshlang — konsyerj qiziqishlaringiz va vaqtingizga mos yo‘nalish tuzishda yordam beradi.

Amir Temur xiyoboni

Amir Temurning otliq haykali joylashgan shahar markazidagi taniqli maskan.

Amir Temur muzeyi

Temuriylar davri tarixi va madaniy merosi bilan tanishing. Tashrifdan oldin ko‘rgazmalar va kirish shartlarini aniqlashtiring.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Shahar bilan tanishuvni tarixiy taassurotlar bilan boyiting. Konsyerj joriy dastur va tashrif imkoniyatini aniqlashtirishga yordam beradi.

Minor masjidi

Anhor bo‘yidagi oq marmar va moviy gumbaz. Namozxonlarga hurmat ko‘rsating va tashrif qoidalariga rioya qiling.

Oloy bozori

Toshkentning mashhur bozorlaridan birida mavsumiy mahsulotlar, quruq mevalar va mahalliy shirinliklar bilan tanishing.

Chorsu bozori

Ziravorlar, shirinliklar, kulolchilik buyumlari, matolar va esdaliklar uchun Eski shahar bozoriga boring.

Toshkent kurantlari

Shaharning o‘ziga xos soat minoralarini markaz bo‘ylab sayringizga qo‘shing.

Toshkent teleminorasi

Shahar manzarasidagi yorqin mo‘ljal. Borishdan oldin joriy tashrif shartlarini tekshiring.

Foto: Andrey Arakelyan

CCA Tashkent

Studio KO qayta talqin qilgan 1912-yilgi sobiq elektr stansiyasi binosida joylashgan CCA Tashkent zamonaviy san’at, me’morchilik va ommaviy dasturni birlashtiradi. Markaz 2026-yil 6-sentabrda tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.

Amir Temur ko‘chasi, 6, B binosi. Kirish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Seshanba–payshanba va yakshanba 10:00–20:00; juma–shanba 10:00–22:00. Dushanba va ayrim bayram kunlari yopiq. Kutubxonaga alohida yozilish kerak.

Foto: Andrey Arakelyan

Kutubxonaga oldindan yozilish orqali tashrif buyuriladi. Foto: Andrey Arakelyan

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar va multimedia ekspozitsiyalari orqali mintaqaning ilmiy-madaniy merosi bilan tanishing. Usmon Mus’hafi hozir Markazning Qur’on zalida saqlanadi. Rasmiy ochilish marosimi 2026-yil 17-martda bo‘lib o‘tgan; Markaz tashrif buyuruvchilarni qabul qilmoqda.

Qorasaroy ko‘chasi, 47, Olmazor tumani. Har kuni 09:00–22:00, tashriflar belgilangan seanslar bo‘yicha. Chipta toifasi, mavjud vaqtlar va joriy narxlarni rasmiy saytdan tekshiring. Diniy hududlarda kiyinish talablariga rioya qiling; suratga olishda chaqnoqdan foydalanish taqiqlanadi.

Tashrif ma’lumotlari 2026-yil 22-oktabrda tekshirildi. Ish vaqti, kirish shartlari va dasturlar o‘zgarishi mumkin; safardan oldin aniqlashtiring.

Tashrifingiz uchun amaliy tavsiyalar

Yo‘nalishga mos kiyim

Ob-havoni tekshiring, qulay poyabzal tanlang va quyoshli sayrlarga tayyorlaning. Diniy maskanlarda mahalliy kiyinish talablariga rioya qiling.

Shahar bo‘ylab harakatlanish

Transport imkoniyatlari va taksi ilovalari haqida konsyerjdan so‘rang. Buyurtmani tasdiqlashdan oldin narx va manzilni tekshiring, yo‘l holatini hisobga oling.

Toshkent metrosi

Toshkent metrosini shahar bilan tanishuvingizga qo‘shing. «Kosmonavtlar» va «Alisher Navoiy» bekatlari shahar dizayniga yangicha qarash imkonini beradi. Yo‘lga chiqishdan oldin yo‘nalishni tekshiring.

Toshkentdagi mukammal kuningiz

Bitta muzeyni tanlang va dam olishga vaqt qoldiring. Quyidagi vaqtlar yo‘l-yo‘riq sifatida berilgan; konsyerj transport, bronlar va tashrif shartlari bo‘yicha yordam beradi.

CCA dushanba kunlari yopiq. Uning o‘rniga Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyuring yoki shahar markazida sayr qiling.

08:00 · No’mad’da nonushta

Kunni No’mad’da nonushta bilan boshlang, so‘ng Toshkent bilan tanishishga yo‘l oling.

09:30 · Eski shahar

Hazrati Imom me’morchiligi bilan tanishing, so‘ng ziravorlar, shirinliklar, kulolchilik buyumlari va matolar uchun Chorsu bozoriga yo‘l oling.

13:00 · O‘zbekcha tushlik

Besh Qozon’da o‘zbek taomlaridan tatib ko‘ring yoki konsyerj bilan yo‘nalishingizdagi boshqa tushlik joyini tanlang.

Barak Khan Madrasa, Hazrati Imam

CCA Tashkent. Foto: Andrey Arakelyan.

14:30 · Muzeyingizni tanlang

CCA Tashkent’da zamonaviy san’at bilan tanishing, Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyuring yoki Amaliy san’at muzeyini tanlang. CCA uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish, Islom sivilizatsiyasi markazi uchun esa belgilangan vaqtga chipta kerak.

Usmon Mushafi Islom sivilizatsiyasi markazining Qur’on zalida saqlanadi.

Kechga yaqin · Dam olish vaqti

Suzish yoki oldindan bron qilingan muolaja uchun E’quilibrium Spa & Fitness’ga qayting. Spa har kuni 07:00 dan 23:00 gacha ochiq.

Oqshom · Embar’da ichimliklar

Oqshomni Embar’da ichimlik bilan boshlang. Ichki zal yil bo‘yi 12:00 dan 02:00 gacha ochiq, terrassa esa mavsumiy ishlaydi.

Kechki ovqat · Ember

Oqshomni Ember’da kechki ovqat bilan davom ettiring. Restoran 12:00 dan 23:00 gacha ochiq.

21:00 · Ixtiyoriy kechki sayr

Kunni Tashkent City Park bo‘ylab sayr bilan yakunlang yoki sokin oqshom uchun mehmonxonaga qayting.

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling

InterContinental Tashkent,
Shahrisabz ko‘chasi, 2,
100000, Toshkent, O‘zbekiston
Bron qilish: tashkent@ihg.com

Mehmonxona «UZTUR INVESTMENT AND DEVELOPMENT» MChJga tegishli bo‘lib, IHG® Hotels & Resorts tomonidan boshqariladi.

© InterContinental Tashkent 2024. Barcha huquqlar himoyalangan

IHG SERVICE MARK

Quyida Six Continents Hotels, Inc., uning ota-onasi, sho''ba korxonalari yoki filiallariga tegishli bo'lgan ba'zi bir xizmat belgilari bor, ularning barchasi IHG a'zolari: InterContinental Hotels Group:

ONLAYN BAZIRLASH

"*" talab qilinadigan maydonlarni bildiradi