E’quilibrium Spa & Fitness Club

Toshkentda massaj va spa muolajalari

E’quilibrium Spa & Fitness Club’da massajlar, yuz parvarishi va hammam marosimlari. Yakka holda tashrif buyuring yoki xususiy spa-lyuksda ikki kishi uchun vaqt band qiling.

Therapist applying two smooth dark stones to a client’s back.

Massajlar

Klassik, Bali, Tailand va issiq toshlar bilan massaj, shuningdek bosh, oyoq kafti yoki orqa, bo‘yin va yelka uchun alohida muolajalarni tanlang. Har bir muolajaning davomiyligi menyuda ko‘rsatilgan.

Yuz va tana parvarishi

Yuz va tana parvarishi uchun 111SKIN va Comfort Zone muolajalari, jumladan Rose Gold Radiance, Hydramemory va Pro-Lift mavjud. To‘liq menyuda davomiylik, narxlar va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilgan.

Therapist working along a client’s cheek with a small handheld tool.
Markaziy muolaja supasiga ega marmar hammom

Hammam va xususiy spa-lyukslar

Alohida hammam an’anaviy marosimlar uchun mo‘ljallangan. Jami yettita muolaja xonasi mavjud, jumladan juftliklar uchun ikkita VIP-lyuks; ulardan birida alohida jakuzi, sauna va hammam bor.

Menyuda hammam, juftliklar lyuksi va Royal Spa Suite’ni xususiy band qilish variantlari ham keltirilgan. Mavjud vaqtlar va tashrifingizga mos variantni spa jamoasidan aniqlashtiring.

Spa paketlari

O‘zingiz uchun vaqt: massaj yoki yuz parvarishini tanlang. Ikki kishi uchun: juftliklar muolajasi yoki xususiy spa-lyuks haqida so‘rang. Uzoqroq dam olish uchun: Pool Day bilan basseyn va tushlikdan bahramand bo‘ling yoki Spa Day doirasida 60 daqiqalik muolajani ham tanlang.

Spa Day

Tanlovingizga ko‘ra 60 daqiqalik massaj yoki yuz parvarishi, sport zali, basseyn, jakuzi, sauna va bug‘ xonasidan foydalanish hamda uch taomli tushlik: yengil gazak, asosiy taom va ichimlik bilan desert.

Kishi boshiga 1 850 000 so‘m

Pool Day

Kun davomida basseyn, jakuzi, sport zali, sauna va bug‘ xonasidan foydalanish, smuzi hamda uch taomli tushlik: yengil gazak, asosiy taom va ichimlik bilan desert.

Kishi boshiga 900 000 so‘m

Kamida 24 soat oldin band qilish lozim. Takliflar bo‘sh joylar mavjudligiga bog‘liq va boshqa chegirmalar yoki aksiyalar bilan birga qo‘llanilmaydi.

Uyda parvarish qilish uchun kosmetika

E’quilibrium Spa & Fitness Club’da 111SKIN va Comfort Zone kosmetikasini xarid qilish mumkin. Uy sharoitida parvarish qilish vositalari va ularning mavjudligi haqida spa jamoamizdan so‘rang.

111SKIN Rose Gold teri parvarishi vositalari
Comfort Zone teri parvarishi vositalari

Spa muolajasiga yozilish

Muolaja va qulay vaqtni tanlash uchun spa jamoasi bilan bog‘laning. To‘liq spa menyusida davomiylik va QQS kiritilgan so‘mdagi narxlar ko‘rsatilgan.

Spa va basseyn

Har kuni 07:00–23:00

Fitnes markazi 24/7 ishlaydi; undan foydalanish abonement shartlariga bog‘liq.

Manzil

2- va 3-qavatlar

InterContinental Tashkent
Shahrisabz ko‘chasi, 2

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling

InterContinental Tashkent,
Shahrisabz ko‘chasi, 2,
100000, Toshkent, O‘zbekiston
Bron qilish: tashkent@ihg.com

Mehmonxona «UZTUR INVESTMENT AND DEVELOPMENT» MChJga tegishli bo‘lib, IHG® Hotels & Resorts tomonidan boshqariladi.

© InterContinental Tashkent 2024. Barcha huquqlar himoyalangan

IHG SERVICE MARK

Quyida Six Continents Hotels, Inc., uning ota-onasi, sho''ba korxonalari yoki filiallariga tegishli bo'lgan ba'zi bir xizmat belgilari bor, ularning barchasi IHG a'zolari: InterContinental Hotels Group:

ONLAYN BAZIRLASH

"*" talab qilinadigan maydonlarni bildiradi

INTERCONTINENTAL
TASHKENT

Your stay starts here.

Find your room or suite and check available dates and rates on IHG.com.

Check availability →Continue to IHG.com

Ваше путешествие начинается здесь.

Выберите номер или люкс и проверьте доступные даты и тарифы на IHG.com.

Проверить наличие номеров →Переход на IHG.com

Sayohatingiz shu yerdan boshlanadi.

Xona yoki lyuksni tanlang va IHG.com saytida mavjud sanalar hamda narxlarni tekshiring.

Xonalar mavjudligini tekshirish →IHG.com saytiga o‘tish