InterContinental Experience

Toshkentni uni yaqindan biladiganlar bilan kashf eting, muhim onlarni nishonlang va InterContinental Tashkent’da o‘z maromingizda dam oling.

Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining quyosh nuri tushgan me’moriy detali

Insider Expertise

Toshkent — mahalliy aholi nigohida

Mahalliy mutaxassislarimiz va konsyerj jamoamiz shahar bilan yaqindan tanishishingizga yordam beradi. Diqqatga sazovor joylar, restoranlar va shahardagi tadbirlar haqida tavsiyalar oling. Kuningizni rejalashtirish va joy band qilishda ham ko‘maklashamiz.

Incredible Occasions

Muhim onlaringizga alohida e’tibor

Yaqinlar davrasidagi kechki ovqat, tug‘ilgan kun, nikoh yilligi yoki turmush qurish taklifi — g‘oyangizni biz bilan baham ko‘ring. Jamoamiz sizga mos menyu, munosib joy va o‘ziga xos tafsilotlar bilan tadbiringizni tashkil etishga yordam beradi.

Dasturxon bezagidagi och rangli gullar, ko‘katlar va yengil pardalar
InterContinental Tashkent mehmonxonasidagi No’mad restoranining kunduzgi zali

Intentional Flexibility

Yengil taomlar — istalgan vaqtda

Parvozingiz kech yetib kelsa yoki odatiy ritmingiz boshqa vaqt mintaqasida qolgan bo‘lsa, Flexible Dining menyusidan taom tanlang. To‘rtta taomni xonaga xizmat ko‘rsatish orqali sutkasiga 24 soat buyurtma qilish mumkin.

  • Pechda pishirilgan tovuqli benedikt
  • Shakshuka
  • Mol go‘shtli nourish bowl
  • Miso sousli tunets balig‘idan nourish bowl

Timeshifter® — vaqt mintaqalariga moslashishda yordam

Timeshifter safar yo‘nalishingiz va uyqu tartibingiz asosida vaqt mintaqalari almashuviga moslashish uchun individual reja tuzadi. Unda yorug‘lik, uyqu va kofein iste’mol qilish vaqti bo‘yicha tavsiyalar beriladi. InterContinental hamkorligi doirasida rejadan qanday foydalanishni jamoamizdan so‘rang.

Bizning xabarnomamizga obuna bo'ling

InterContinental Tashkent,
Shahrisabz ko‘chasi, 2,
100000, Toshkent, O‘zbekiston
Bron qilish: tashkent@ihg.com

Mehmonxona «UZTUR INVESTMENT AND DEVELOPMENT» MChJga tegishli bo‘lib, IHG® Hotels & Resorts tomonidan boshqariladi.

© InterContinental Tashkent 2024. Barcha huquqlar himoyalangan

IHG SERVICE MARK

Quyida Six Continents Hotels, Inc., uning ota-onasi, sho''ba korxonalari yoki filiallariga tegishli bo'lgan ba'zi bir xizmat belgilari bor, ularning barchasi IHG a'zolari: InterContinental Hotels Group:

ONLAYN BAZIRLASH

"*" talab qilinadigan maydonlarni bildiradi